Turizmni qo‘llab-quvvatlash Fondining subsidiya va grantlari qanday taqsimlanadi?

O‘zbekiston 08:26 / 02.06.2020 6017

Jumladan, turizmni qo‘llab-quvvatlash Fondining subsidiyalari va grantlari quyidagicha ishlatiladi:

* turizm sohasidagi innovatsion biznes g‘oyalar va “startap” loyihalarini amalga oshirish uchun subsidiyalar ajratish (1,5 mlrd. so‘m miqdorida);

Milliy turoperatorlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

* har bir chet ellik sayyoh uchun 15 AQSh dollari miqdorida subsidiya;

* sotib olingan temir yo‘l va aviachiptalar narxining 30 foizini qoplash;

Xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish uchun mehmonxonalar xarajatlarini qoplash:

* 3 yulduzli mehmonxona - har bir xonaga 5 million so‘m;

* 4 yulduzli mehmonxona - har bir xonaga 10 million so‘m;

* 5 yulduzli mehmonxona - bir xonaga 15 million so‘m.

* ovqatlanishning tematik punktlari, ovqat va suvenir mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari uchun loyiha qiymatining 30 foiz miqdorida grantlar taqdim etiladi;

* yangi turistik mahsulotlar va yo‘nalishlarni ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha gidlarga - 5 mln. so‘m, turoperatorlarga - 10 mln. so‘m miqdorida grant ajratiladi.

Ushbu va boshqa ko‘plab maqsadli qo‘llab-quvvatlash choralari, shuningdek  turizm sohasi faoliyatini qayta tiklash natijasida yil oxiriga qadar 450 million dollarlik turistik xizmatlarini eksport qilish imkoniyati yaratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: