Eron va Turkmaniston o‘zaro chegaralar ochilishini biroz keyinroqqa qoldirdi

Jahon 10:07 / 01.06.2020 4919

Eronning Ashxoboddagi elchisi bu haqda IRNA axborot agentligiga xabar bergan. Uning ta'kidlashicha, koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan chegaralar ochilishi 1 iyundan 10 iyunga ko‘chirilgan. Chegaralarni ochish qarori karantin cheklovlari yengillashtirilgani sababli qabul qilingan. Biroq ochilish o‘tkazish punktlaridagi zaruriy dezinfeksiya tadbirlari sababli ko‘chirilgan.

29 may kuni Eron bojxona boshqarmasi matbuot kotibi Said Latifiy epidemiologik vaziyat yaxshilansa Turkmaniston bilan chegara ochilishini istisno qilmagan. U Eron, shuningdek, O‘zbekiston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan ham savdo aloqalarni tiklashni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: