AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechilib, Yevro-5 standartiga mos yoqilg‘i ishlab chiqarishga o‘tiladi – “O‘zbekneftgaz”

O‘zbekiston 16:42 / 01.06.2020 26444

“Tashrif davomida kompaniya rahbariyati zavod mutasaddilari, zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiruvchi guruh bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida neft narxlarining global o‘zgarishi sharoitida korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, zavodning mavjud texnologik quvvatlari, yetkazib berilayotgan xomashyo narxlari hamda sifati, zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida AI-91, AI-93, AI-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish va AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish, shuningdek Yevro-5 talablariga javob beradigan yoqilg‘ilar, jumladan, dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishga o‘tish kutilmoqda. Ushbu yangilik Buxorodan boshlanib, butun respublikaga tatbiq etiladi”, deydi Siyovush To‘raxo‘jayev.

Qayd etilishicha, Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tashrifi davomida neft mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarida sotish, xomashyo bazasini ta'minlash, loyihaning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish, neft narxidagi o‘zgarishlarga moslashish, shuningdek, zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihasini qaytarish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Ko‘proq yangiliklar: