Oq uy oldida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Jorj Floydning o‘limidan so‘ng AQShning 30dan ortiq yirik shaharlarida tartibsizliklarga aylanib ketgan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Ayrim shaharlarda favqulodda holat joriy etilgan.

Oq uy oldida AQSh maxfiy xizmati xodimlari va norozilik namoyishchilari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSh prezidenti qarorgohi oldidagi to‘qnashuvlar besh soatdan ortiq davom etgan. Namoyishchilar prezident qo‘riqlash xizmati xodimlariga turli buyumlar uloqtirgan va metall to‘siqlardan oshib o‘tishga uringan.

Ular Minneapolisda politsiyachilar tomonidan qo‘lga olish chog‘ida halok bo‘lgan qora tanli Jorj Floydni qo‘llab-quvvatlab turli shiorlarni aytgan va prezident Donald Trampni haqoratlagan.
Telekanalning ma'lumot berishicha, Floydning o‘limidan so‘ng AQShning 30dan ortiq yirik shaharlarida tartibsizliklarga aylanib ketgan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Ayrim shaharlarda favqulodda holat joriy etilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xyustonda (Texas shtati) 200 kishi hibsga olingan, to‘rt politsiyachi yengil jarohat olgan. Minneapolisda noma'lum shaxs politsiyachilarga qarata o‘q uzgan.

Shuningdek, Oklendda AQSh ichki xavfsizlik vazirligi bo‘linmasi xodimi otishma chog‘ida halok bo‘lgani xabar qilindi.
Mavzuga oid

11:02
AQSh Ta’lim vazirligi xodimlarining deyarli yarmini qisqartiradi

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025