Xorijiy aviatsiya parvozlarga ruxsatnoma oladi

O‘zbekiston 11:23 / 29.05.2020 6808

Hujjat Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 27 noyabrdagi PF-5584-son Farmonini bajarish doirasida ishlab chiqilgan.
 
Norma’ning yozishicha, nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun so‘rovnomani taqdim etish va ruxsatnoma berish tartibi;

bir martalik parvozni amalga oshirish uchun taqdim etilishi shart bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati;

O‘zbekiston havo hududi orqali tranzit parvozni amalga oshirish uchun so‘rovnomani taqdim etish muddatlari.
 
Bir martalik parvozni amalga oshirish uchun so‘rovnoma xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlari tomonidan Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga parvozni amalga oshirishdan kamida 3 kun oldin taqdim etiladi.
 
Ariza beruvchi so‘rovnomani ingliz yoki rus tilida O‘zbekiston Respublikasi Aeronavigatsiya ma’lumotlari to‘plamida e’lon qilingan manzillarga mavjud aloqa kanallari Internet, pochta, telefon va boshqa elektron aloqa vositalari orqali taqdim etadi.
 
Ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi, taqdim etilgan hujjatlarning nusxasi "Uzbekistan Airports" AJ hamda "O`zaeronavigatsiya" Markazi"ga ham kelishish uchun yuboriladi.
 
Ruxsatnoma unda ko‘rsatilgan havo kemasining uchish vaqtidan e’tiboran 72 soat davomida amal qiladi.
 
Hujjat 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: