Toshkentda yana 4ta yangi zararlanish holati aniqlandi. Jami holatlar soni 3468taga yetdi

O‘zbekiston 16:54 / 29.05.2020 31840

«2020 yil 29 may soat 16:45 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3468 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.  

Yangi kasallanish holatlarining 4tasi Toshkent shahrida qayd etildi. Ularning 2 nafari aholi orasidan, 2 nafari esa karantindagi fuqarolar orasidan aniqlangan. Toshkent viloyatidan kasalligi aniqlangan 1 nafar bemor ham statsionar karantindagi fuqarolar orasidan tasdiqlangan.

Bugun hozircha 24ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 29 bemor tuzaldi.

Shu vaqtgacha koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar soni 2723 nafarni tashkil etmoqda. 

Hozirda shifoxonalarda 731 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: