Yaponiyaga kelgan xorijlik sayyohlarga pul berilishi haqidagi xabarlar rad etildi

Jahon 01:09 / 28.05.2020 3241

Yaponiya Turizm ishlari vazirligi pandemiya davrida mamlakatga kelgan sayyohlarning xarajatlarini qisman qoplab berish rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

«Yaponiya rasmiylari xorijlik sayyohlar xarajatlarining yarmini qoplab berish imkoniyatlarini o‘rganayotgani aytilgan qator OAVdagi materiallar yuzasidan shuni ta'kidlashni istardikki, ishlab chiqilayotgan choralar faqatgina mamlakat rezidentlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Bu ijtimoiy dastur bo‘lib, mahalliy turizmni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan», – deyiladi vazirlik saytidagi bildirishda.

Avvalroq ham yapon matbuoti, ham jahon OAVda tarqalgan xabarlarda Yaponiya hukumati turizmni tiklash maqsadida iyul oyidan boshlab sayyohlarga kuniga 20 ming iyenadan (185 dollar atrofida) to‘lab berishi mumkinligi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, butun Yaponiya hududida e'lon qilingan favqulodda holat rejimi 25 may kuni tugatildi. Hozirda Covid-19 aniqlangan bemorlar soni kuniga o‘rtacha 20-80 nafarga ko‘paymoqda.

Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 16,6 ming kishini tashkil etmoqda, shundan 846 bemor vafot etgan, 13,8 ming kishi tuzalgan.

Ko‘proq yangiliklar: