Rasman: Angliya Premer-ligasi 17 iyundan davom ettiriladi

Sport 22:40 / 28.05.2020 3100

Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti chempionat bahslari 17 iyundan davom ettirilishini rasman e'lon qildi.

«Premer-liga aksiyadorlari barcha ehtiyot choralari va talablarga rioya qilingan holda chempionat uchrashuvlarining 17 iyun kunidan davom ettirilishi borasida kelishuvga erishishdi», - deyiladi rasmiy bayonotda.

Oldinroq, dastlab qoldirilgan o‘yinlar - «Aston Villa» – «Sheffild Yunayted» va «Manchester Siti» – «Arsenal» uchrashuvlari 17 iyun kuni o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Navbatdagi o‘yinlar 19-20 iyun kunlari o‘tkaziladi. Mavsum 1-2 avgustgacha yakunlanishi, 8 avgustda esa Angliya kubogi finali o‘tkazilishi aytilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: