O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2700ga yaqinlashmoqda

O‘zbekiston 16:38 / 28.05.2020 7506

Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi esa  21 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 51 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Farg‘ona viloyatidan 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahridan 1 nafardan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 980 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 997 nafarga yetdi.

Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2685 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni vaqtda respublikadagi shifoxonalarda jami 697 nafar bemor davolanmoqda, 

Ko‘proq yangiliklar: