«Jaloliddin Manguberdining dunyo tarixida tutgan o‘rni» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

O‘zbekiston 10:26 / 28.05.2020 6751

Vazirlar Mahkamasining “Vatanimiz shonli tarixida o‘chmas iz qoldirgan dovyurak sarkarda Jaloliddin Manguberdi jasoratini keng targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitalarining 2021 yil noyabr oyida “Jaloliddin Manguberdining dunyo tarixida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi.

“Jaloliddin Manguberdining dunyo tarixida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi, Jaloliddin Manguberdining dunyo tarixida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

“Jaloliddin Manguberdining dunyo tarixida tutgan o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasi tasdiqlanadi. Moliya vazirligi mazkur xarajatlar smetasiga asosan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziga 2021 yilda tegishliligi bo‘yicha budjet mablag‘larini ajratilishini ko‘zda tutadi. Bunda, Tashkiliy qo‘mitaga zaruratga qarab smetaning umumiy summasi doirasida xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat beriladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalari bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlarga ekspeditsiyalar uyushtirish borasidagi ishlab chiqilgan ilmiy loyihalariga tegishli grant loyihalarini jalb etish va ajratish choralarini ko‘radi.

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “Jaloliddin Manguberdi” fondi “Kim Vatanga qalqon bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida Jaloliddin Manguberdi vatanparvarligi va jasoratini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Jaloliddin Manguberdi izidan” ekspeditsiyasi va ishchi guruhi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xorijdagi ilmiy-ma'rifiy markazlar bilan aloqalar o‘rnatish, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda chet ellarga safarlar uyushtirish, hamda chiqish vizalarini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: