Italiyada 10dan ortiq davlat xizmatchilari mafiya bilan hamkorlikda gumonlanmoqda

Jahon 15:36 / 28.05.2020 4776

Italiya moliya gvardiyasining 500ga yaqin xodimi butun mamlakat hududida "Ndrangeta" mafiya guruhiga qarshi keng miqyosdagi operatsiyani o‘tkazmoqda. 

ANSA agentligining xabar berishicha, o‘nlab kishilar hibsga olingan, 11 nafar amaldor jinoyatchilar bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda.

Rejo-Kalabriya prokuraturasi olib borgan tergov ishlari davomida amaldorlar va tadbirkorlarning mafiya bilan aloqalari aniqlandi. 

Agentlikning aniqlik kiritishicha, 11 nafar davlat xizmatchisi ustidan ish ochilgan. Jumladan, pudrat ishlarining mafiya foydasiga taqsimlanishi bo‘yicha sxema fosh qilingan. Qayd etilishicha, 103 mln yevrolik ko‘chmas mulk va boshqa boyliklar musodara qilingan.

"Ndrangeta" Italiyadagi eng katta ta'sirga ega yashirin tashkilotlardan biri hisoblanadi. Bir necha yil avval u mamlakatning turli hududlari hamda Yevropaning boshqa davlatlariga o‘rnashib olgani va noqonuniy faoliyat orqali topilgan daromadlarini qonuniy biznes orqali o‘zlashtirgani aniqlangandi. 

Ko‘proq yangiliklar: