15 aprel madaniyat va san'at xodimlari kuni etib belgilanadi

O‘zbekiston 10:41 / 28.05.2020 3055

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Hujjatga muvofiq, 15 aprel O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni etib belgilanishi mumkin.

Bildirilishicha, ushbu qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: