Yunusobod tumanidagi ayrim mavzelarda gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi
Toshkent shahrining Yunusobod tumani, “Qoraqamish” ko‘chasida joylashgan “LEP” stansiyasi boshqa joyga ko‘chiriladi.

Foto: Globallookpress
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 28 may kuni yer osti gaz quvurini kesish va ulash ishlari amalga oshiriladi.
Ushbu ishlar soat 11:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshiriladi va Yunusobod tumanidagi ayrim tabiiy gaz iste'molchilariga gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
Aholi va ulgurji iste'molchilar:
Yunusobod 2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14 va 15-mavzelaridagi ko‘p qavatli uylar;
“Yo‘l ariq” MFY;
“Kulol qo‘rg‘on” MFY;
“Yunusobod” MFY;
“Bobodehqon” MFY;
“Otchopar-1” va "Otchopar-2" MFY;
“Xiyobontepa” MFY;
“Bodomzor” MFY;
“Yangi tarnov” MFY;
“Bog‘i Bo‘ston” MFY;
Shayx Shivli MFY;
Firdavsiy MFY;
“Matonat” MFY;
“Minor“ MFY;
G‘ayratiy MFY;
Islomobod MFY.
“Hududgaz Toshkent shahar” MChJ yetkazilayotgan noqulayliklar uchun gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025
376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

16:03 / 05.03.2025