Toshkent viloyati shahar va tumanlari bo‘yicha «yashil», «qizil» va «sariq» hududlar ro‘yxati yangilandi

O‘zbekiston 12:06 / 27.05.2020 147702

Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda toifalashtirilgan tuman(shahar)lar ro‘yxati yangilandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda. 

26 may 2020 yil holatiga ko‘ra:

"Qizil" hududlar – Bekobod, Yangiyo‘l, Nurafshon shaharlari, Qibray, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Parkent, Toshkent, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari

"Sariq" hududlar – Angren, Chirchiq shaharlari, Bekobod, Quyi Chirchiq, Chinoz, O‘rta Chirchiq tumanlari

"Yashil" hududlar – Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Ohangaron, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Piskent tumanlari.

Ko‘proq yangiliklar: