Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shomurodov Osiyoning eng qimmatbaho futbolchilari top-20talik ro‘yxatidan joy oldi
«Rossiya Premer-ligasidagi osiyolik ikki legioner hujumchi – Sardor Ozmun va Eldor Shomurodovda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlariga yo‘l olish uchun yaxshi imkoniyat bor. Ikki forvard ham Rossiyada o‘zini ko‘rsata oldi, transfer bahosi ham o‘sdi. Bu to‘purarlar Osiyoning eng qimmatbaho futbolchilari top-20taligidan joy olgan», - deya yozadi «Sportbox» sayti.

«Zenit»ning yetakchilaridan biri sanalmish Ozmunning Sankt-Peterburgda faoliyat boshlaganidan keyingi transfer bahosi 9 milliondan 18 million yevrogacha ko‘tarildi. Koronavirus pandemiyasi sababli esa barcha qatori pastlab – 14,5 million yevroni tashkil etmoqda. Shu narxda ham eronlik forvard Transfermarkt’ga ko‘ra, Osiyoning eng qimmatbaho futbolchilari ro‘yxatida 3-o‘rindan joy olgan.
24 yoshli o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning transfer bahosi esa 5,2 million yevroni tashkil etib, Osiyoning eng qimmatbaho futbolchilari reytingida 18-o‘rindan joy olgan. «Rostov» goleadori Rossiyaga kelganida 750 ming yevro narxlangan bo‘lsa, pandemiyadan oldin 6 million yevrogacha baholandi.
Osiyoning eng qimmat futbolchisi deya Son Xyon Min sanaladi. «Tottenhem» klubi hujumchisining transfer bahosi 64 million yevroni tashkil etgan. 2-o‘rindan «Portu»ning yaponiyalik yarimhimoyachisi Syoya Nakadzima (16 mln) joy olgan. Osiyo – transfer narxi bo‘yicha Rossiya Premer-ligasi vakillari top-20likdan joy olgan yagona qit'a», - deyiladi manbada.
Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov 5,2 million yevro transfer bahosi bilan O‘zbekistonning eng qimmatbaho futbolchisi sanaladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi
Jahon | 11:02
-
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
Jahon | 10:39
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
Mavzuga oid

18:58 / 21.06.2025
Eldor Shomurodov atrofidagi mish-mishlar. U yozda «Roma»ni tark etadimi?

20:54 / 10.06.2025
O‘zbekiston JCh saralashini Qatar ustidan yirik g‘alaba bilan yakunladi

20:01 / 09.06.2025
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze

20:32 / 06.06.2025