O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3300dan oshdi

O‘zbekiston 10:00 / 27.05.2020 35519

«2020 yil 27 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3333 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 31 nafari Navoiy viloyatidan, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Toshkent shahridan hamda 2 nafari Namangan viloyatidan. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun gumonlanib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

26 may kuni jami 75ta yangi holat tasdiqlandi, 29 bemor tuzaldi va bir bemor vafot etdi.

Shu vaqtgacha 2636 kishi kasallikdan sog‘aygan.

Hozirda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 683 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.

Ko‘proq yangiliklar: