Olimjon Umarov O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston 11:17 / 27.05.2020 21270

Olimjon Umarov O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi lavozimida ish boshladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Olimjon Umarov 1985 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy ma'lumotli. 2007 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini, 2017 yilda Songyungvan universitetini (Koreya Respublikasi) tamomlagan.

U 2017 yil yozida AKT vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: