Boris Jonson koronavirusdan keyin ko‘zi yaxshi ko‘rmayotganidan shikoyat qildi

Jahon 07:22 / 26.05.2020 8099

Bosh vazir bu haqda matbuot anjumanda xabar qilgan.      

Jonsonning ta'kidlashicha, kasallikdan keyin u birinchi marta ko‘zoynakdan foydalanishiga to‘g‘ri kelgan. Jonson ko‘zi xiralashganini koronavirus bilan bog‘lamoqda. 

Britaniya bosh vaziri 27 mart kuni koronavirusga chalingani va shu sababli karantinga ketganini ma'lum qilgan. O‘sha vaqtda unda kasallikning yengil alomatlari paydo bo‘lgan va bosh vazir masofadan turib ishlashni davom ettirgan. 

Biroq Jonsonning tana harorati tushmagach va yo‘tali o‘tmagach, shifokor tavsiyasiga ko‘ra u 5 aprelda shifoxonaga joylashtirilgan. Bir kun o‘tib Jonsonning ahvoli yomonlashgani va intensiv davolash bo‘limiga o‘tkazilgani ma'lum qilingan.

12 aprelda bosh vazir shifoxonadan chiqarilgan, 27 aprelda esa o‘z vazifalarini bajarishga qaytgan. Bu vaqt davomida hukumatda uning o‘rnini tashqi ishlar vaziri Dominik Raab egallab turgan.

Ko‘proq yangiliklar: