Armaniston bosh vaziri mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini  e'lon qildi

Jahon 21:51 / 26.05.2020 8978

Armanistonda koronavirus sababli og‘ir vaziyat vujudga keldi, dedi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan.

"Aslida biz koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga duch keldik", - dedi Pashinyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat tomonidan belgilangan chora-tadbirlar mavjud vaziyatga muvofiq keladi, ammo tartibga har doim ham amal qilinmayapti.

Aprel boshida Pashinyan mamlakat koronavirusning avjga chiqish nuqtasidan o‘tganini aytgandi.

26 may holatiga ko‘ra, Armanistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 7402ta holat qayd etilgan, 130 kishi vafot etgan.  

Mamlakatda 13 mayga qadar favqulodda holat rejimi amal qiladi. Shu bilan birga, iqtisodiy faoliyatga nisbatan kiritilgan cheklovlar olib tashlandi, barcha korxonalar ishlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: