Yaponiya hukumati koronavirus tarqalishi sababli mamlakatda joriy etilgan favqulodda vaziyat rejimini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe ma'lum qildi.
"Bugun butun Yaponiya hududida favqulodda vaziyat rejimini bekor qildim", - dedi u.
Rejim Yaponiyaning beshta: Tokio, Kanagava, Saytama, Tiba va Xokkaydo prefekturalarida amal qilayotgandi. Bunga qadar esa favqulodda vaziyat rejimi 47 prefekturadan 42tasida bosqichma-bosqich bekor qilingandi.
8 aprelda Tokio va unga qo‘shni Kanagava, Saytama va Tiba, Xonsyu orolidagi Osaka va Xyogo, Kyusyu orolidagi Fukuoka prefekturalarida favqulodda vaziyat joriy etilgan, 16 aprelda butun mamlakat bo‘ylab kiritilgan hamda 31 maygacha uzaytirilgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 17,3 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 850dan ziyod kishi vafot etgan.