Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 3100 nafarga yetdi

Jahon 21:10 / 25.05.2020 20027

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 3,1 mingga yetdi, deb xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot markazi.

"Sutka davomida COVID-19 bemorlari soni 171 kishiga oshib, 3100ga yetdi, vafot etganlar soni 46 nafar", - deb ma'lum qildi vazirlik vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1395 kishi sog‘aygan.

Vazirlikning ma'lumot berishicha, hozirda 2773 kishi tibbiy kuzatuv ostida bo‘lib turibdi, oxirgi sutkada 232 kishiga uyiga javob berilgan.

Kasalxonalarda koronavirusga chalinganlarni kuzatish va davolash bilan 7,5 mingdan ortiq shifokor va 25 ming nafar hamshira shug‘ullanmoqda.

22 may kuni Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 2551 nafarga yetgandi.

Ko‘proq yangiliklar: