Shvetsiya koronavirusdan jabr ko‘rgan qashshoq mamlakatlarga 38 million yevro ajratadi

Jahon 17:27 / 25.05.2020 2501

Shvetsiya hukumati koronavirus pandemiyasi oqibatida moliyaviy jihatdan eng ko‘p jabrlangan qashshoq mamlakatlarga 380 million kron (38 million yevro) ajratilishini e'lon qildi.

"Mablag‘lar gumanitar yordam budjetidan ajratiladi va BMT favqulodda vaziyatlarga javob berish markaziy fondi, BMT oziq-ovqat dasturi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasida taqsimlanadi", - deyiladi hukumat xabarida.

Shvetsiya xalqaro taraqqiyot vaziri Peter Erikssonning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi oqibatida ko‘plab qashshoq mamlakatlar gumantir inqiroz yoqasida qoldi, hozirgi inqiroz esa ilgari amalga oshirilgan barcha sa'y-harakatlarni yo‘qqa chiqaradi.

Avvalroq BMT mutaxassislari pandemiya ommaviy qashshoqlashuvga olib kelishini aytishgandi. Bunda 34,3 mln kishi nochorlikka uchraydi, buning 56 foizi Afrikaga to‘g‘ri keladi.  

Ko‘proq yangiliklar: