Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Radioefirda «O‘zbekiston 24»ni tanqid qilgan ikki xodim MTRKdan ketdi. Radioda «Futbol+» loyihasi davom etadi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» telekanali xodimlari - bosh rejissyor Jamoliddin Bobojonov va 1-toifali muharrir, sharhlovchi Bobur Akmalov 22 may kuni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgan. Ularning ikkisi ham bu ma'lumotni Tribuna.uz’ga tasdiqladi.

Foto: fb.com/ORIATDono
Endilikda Bobur Akmalov «Oriat Dono» radiosida ishlashda davom etadi. Bugun, 25 may kuni Bobur Akmalov, Jamoliddin Bobojonov va Xayrulla Hamidov ishtirokidagi «Futbol plyus» tok-shousi efirga uzatildi.
Shu tariqa, ushbu xodimlar «Sport» telekanalidan shov-shuvli tarzda ketishi ortidan radiodagi ushbu eshittirish ham to‘xtatilishi haqida tarqalgan xabarlar isbotini topmadi.
Eslatib o‘tamiz, «Futbol plyus»ning 18 may kungi sonida ishtirokchilar «O‘zbekiston 24» telekanalida Sardobadagi fojia oqibatlari yoritilishi tanqid ostiga olingan, efir davomida «O‘zbekiston 24» telekanalida ko‘rsatilayotgan hayot bilan real hayotdagi farq haqida gapirilgan.
«Bizda qog‘ozda va «O‘zbekiston 24» kanalida hamma narsa zo‘r, lekin hayot butunlay boshqa narsani ko‘rsatyapti... «O‘zbekiston 24» kanalini ko‘rib, sardobaliklar shu suv toshganidan ham xursand ekan, deb o‘ylab qoldim», degan Jamoliddin Bobojonov. Bobur Akmalov ham uning fikrini ma'qullab, uyini suv bosgan odamlarning bunday xushkayfiyatda ko‘rinishi g‘ayritabiiy ekanini ta'kidlagandi.
Bu holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbari Alisher Xadjayev bunga munosabat bildirib, Jamoliddin Bobojonov va Bobur Akmalovning ta'kidlarini «mutlaqo asossiz va noo‘rin tanqidiy fikrlar» deb atagan, ularning «Sport» telekanalida egallab turgan lavozimlariga loyiqligini shubha ostiga olgan edi.
«Demokratiya borasida butun dunyoga namuna sifatida aytiladigan AQSh yoki Buyuk Britaniya ommaviy axborot vositalari, masalan, «CNN» yoki «BBC» tizimidagi bir telekanal yoki radiostansiya xodimi xuddi shu tizimdagi boshqa bir telekanal yoki radiostansiya faoliyatiga nisbatan tanqidiy (boz ustiga asossiz tanqidiy) baho bersa, bunday xodim «CNN» yoki «BBC» tizimidan o‘sha zahoti «kuzatib» qo‘yiladi. Unga «Sizning xizmatingizga endi muhtoj emasmiz», deyiladi.
Xo‘sh, bizning korporatsiyamiz (ya'ni kompaniyamiz) korporativ etikani tan olmaydigan, hamkasblarining yuziga oyoq qo‘yadigan, siyosiy va madaniy ongi hamda professionalizmi haminqadar bo‘lgan bu ikki xodimning xizmatiga muhtojmi?
Bu savolni B.Akmalov va J.Bobojonovlarning vijdonlariga havola etaman», deyilgandi bayonotda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

09:00 / 11.02.2024
O‘zbekiston televideniyesi qanday bo‘lishi kerak?

15:34 / 02.02.2024
Abdurashid Jo‘raboyev MTRKning yangi raisi bo‘ldi

15:24 / 02.02.2024
Alisher Xo‘jayev MTRK raisligidan ketdi

19:05 / 07.12.2023