Eronning Venesuela uchun yonilg‘i ortilgan ilk tankeri 72 kundan keyin manzilga yetib keldi

Jahon 20:05 / 25.05.2020 6764

Fortune deb nomlangan tanker Venesuela uchun yonilg‘i yetkazib bergan. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi

Kema Erondagi Shahid-Rajaiy portidan 72 kun avval yo‘lga chiqqan. 

Tehron Karakasga 1,5 mln barrel neft va benzin taqdim qilmoqda. 

Dunyoda eng katta miqdorda neft zaxiralariga ega bo‘lgan Venesuela ayni vaqtda benzinga katta ehtiyoj sezmoqda, chunki uning neftni qayta ishlovchi tarmog‘i joriy yilda umumiy ishlab chiqarish quvvatining bor-yo‘g‘i 10 foizigagina ishlamoqda. AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan Venesuela xomashyo importigagina tayanishga majbur bo‘lmoqda. 

Ta'kidlanishicha, AQSh hukumati Venesuelaga yonilg‘i yetkazib berilishi yuzasidan Eronga qarshi sanksiyalar kiritish va boshqa cheklovlar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: