Avstraliyaga ishlashga yuborishni va'da qilib 6500 dollar olgan shaxs ushlandi

Jamiyat 07:54 / 25.05.2020 3195

Joriy yilning 22 may kuni Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi TBdan firibgarlik holati qayd etilgani haqidagi hujjatlar kelib tushgan. 

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil avgust oyidan sentabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Navoiy shoxko‘chasidagi uylarning birida yashovchi, nafaqaxo‘r X.X. uyida Urgut tumani Uzum mahallasida yashovchi Sh.X. va Qo‘shmachit mahallasida yashovchi M.M.ning o‘g‘li U. X.larni Avstraliya davlatiga ishlashga yuborishda yordam berishga va'da bergan.

U firibgarlik yo‘li bilan Sh.X.dan 3.000 AQSh dollari hamda M.M.dan 3.500 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida xodimlar tomonidan X.X. ushlangan.

21 may kuni X.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.  

Ko‘proq yangiliklar: