44,2 Tbit/soniya: Axborotni uzatish bo‘yicha aqlbovar qilmas tezlik rekordi o‘rnatildi

Fan-texnika 22:08 / 25.05.2020 10391

Olimlar bunday ulkan tezlikka yangi optik chip evaziga erishishgan. Chipning o‘lchami 5 mmga 9 mmni tashkil qiladi. Uning yordamida optik-tolali kabel ichida mikrolazerlar solit kristallar bilan ta'sirlashganda mikrotojlar hosil qiladi. Ushbu mikrotojlar har birini alohida kommunikatsiya kanali sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan 80 ta alohida infraqizil lazer o‘rnini bosadi. 

Olimlar yangi chipning tadqiqotini Avstraliyadagi Monash, Suinbern va Melburn universitetlari binolari orasida tortilgan 76,6 km kabelda o‘tkazishgan. 4 Tgs o‘tkazish qobiliyatiga ega tarmoq ma'lumotlarni 44,2 Tbit/soniya tezlik bilan uzata olgan.

Amaliyotda bunday tezlik qanchalik kattaligini tasavvur qilish murakkab. Bunday tezlikda ND formatdagi 1000 ta filmni bir soniyadan kamroq vaqt ichida ko‘chirib olish mumkin. Vaholanki, 2019 yil dekabrda dunyoda simli internetning o‘rtacha tezligi 70 Mbit/soniyani tashkil qilgan. Jumladan, bugunda foydalanuvchilar uchun internetga eng tezkor ulanish 1 Gbit/soniyani tashkil qiladi. AQSh energetika vazirligining maxsus ilmiy tarmog‘i Esnet tezligi 400 Gbit/soniyaga yetadi, biroq bu tarmoqdan NASA kabi tashkilotlargina foydalanadi.  

Bunday katta tezlikka mavjud tarmoqlarda erishilgani ushbu texnologiyani ommaviy qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi. Faqatgina yangi chiplarni tarmoq infratuzilmasiga kiritish usulini topish kerak bo‘ladi. Ammo bunga muayyan vaqt talab qilinishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: