Milliy gvardiya matbuot xizmatidan xabar qilishlaricha, fuqaro harbiy xizmatchilar nigohidan qochish niyatida shoshilinch harakatlar qilib shubha uyg‘otgani bois to‘xtatilgan. Tegishli hujjatlar so‘ralganda taqdim etolmagani sababli Yashnobod tumani IIB FMBga olib borilgan.
«O‘rganish natijasida shubhali shaxs 1992 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi M.B. ekani va “CELIMO” rusumli motoskuterni Yashnobod tumani Aviasozlar dahasi Qorasuv ko‘chasi 4-uy oldidan o‘g‘irgani aniqlandi.
Motoskuter o‘z egasi fuqaro L.Nazarovaga topshirildi. Fuqaro Nazarova Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga tezkor amaliy yordam uchun minnatdorchilik bildirdi», – deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.