Ramazon hayiti pandemiya sharoitida dunyoda qanday kutib olindi (fotoreportaj)

Jahon 21:22 / 24.05.2020 40157

Joriy yilda Ramazon hayiti dunyoda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi sababli ko‘plab davlatlarda ommaviy tarzda nishonlanishi taqiqlandi. Jumladan, koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida masjidlar yopilgani va odamlarning ommaviy yig‘ilishiga kiritilgan taqiqlar sababli hayit namozini ado etishning imkoni bo‘lmadi. Biroq shunga qaramay, ba'zi davlatlarda Ramazon hayiti namozi karantin choralariga amal qilingan holda va oz sonli jamoat bilan ado etildi. “RBK” nashri dunyoda koronavirus pandemiyasi sharoitida Ramazon hayiti qanday nishonlangani haqida fotoreportaj tayyorladi. 

Politsiyachilar Rimdagi Pyatssa-della-Radio maydonidagi namoz o‘qiladigan hududga kirish joyini qo‘riqlashmoqda.

Foto: Alberto Lingria / Reuters

Indoneziya, Achex provinsiyasi. Xavfsizlik xizmati xodimlari Ray Bayturrahmon masjidiga kirish joyida odamlar haroratini o‘lchashmoqda. 

Foto: Heri Juanda / AP  

Filippin poytaxti Maniladagi masjidda himoya niqoblaridagi oz sonli jamoat.

Foto: Ezra Acayan / Getty Images

Istanbulning eng katta masjidi Sulaymoniya. 

Foto: Emrah Gurel / AP  

Eron poytaxti Tehronda musulmon ayollar himoya niqoblarida ibodat qilmoqdalar. 

Foto: Ebrahim Noroozi / AP 

Grozniydagi Ahmad Qodirov nomidagi “Checheniston yuragi” masjidida Ramazon hayiti namozi oldidan tashrif buyuruvchilarga tibbiy qo‘lqoplar tarqatilmoqda. 

Foto: Yelena Afonina / TASS  

Al-Qudsda musulmonlar koronavirus sababli yopilgan Al-Aqso masjidi tashqarisida namoz o‘qimoqdalar.

Foto: Mahmoud Illean / AP

Indoneziya poytaxti Jakartada masjidga kirish oldidan tana harorati o‘lchanmoqda.

Foto: Ed Wray / Getty Images  

Dunyo musulmonlari uchun eng muqaddas qadamjo – Masjid Al-Haromda Qadr kechasi ijtimoiy masofa saqlangan holda ibodat qilinmoqda.

Foto: Saudi Press Agency / Reuters  

Qozondagi Galeyev masjidida Ramazon hayiti ma'ruzasining jonli namoyishi.

Foto: Maksim Bogodvid / RIA Novosti

Afg‘onistonning Lag‘mon viloyatida hayit namozidan keyin.  

Foto: Parwiz / Reuters

Pokistonning Karachi shahrida hayit namozi.

Foto: Akhtar Soomro / Reuters  

Avstraliyaning Sidney shahridagi Lakemba masjidida. 

Foto: Lisa Maree Williams / Getty Images  

Bangladesh poytaxti Daqqada hayit namozining ado etilishi.

Foto: Mohammad Ponir Hossain / Reuters  

 

Ko‘proq yangiliklar: