20.05.2020 yildan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tomorqa yer uchastkalari samaradorligini oshirishni hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlari a'zoligiga badal to‘lash uchun subsidiyalar ajratiladi.
Norma’ning yozishicha, subsidiyalar quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
1) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
• yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – 30 BHMgacha;
• sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – 10 BHMgacha;
• urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun – 3 BHMgacha;
2) qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun – 10 BHMgacha.
Bunda quyidagilar belgilandi:
• qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi;
• qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam ta'minlangan oilalar a'zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlar birlashtiriladi.
Subsidiyalar ajratish Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun subsidiyalar va grantlar ajratish tartibini saqlab qolgan holda amalga oshiriladi.
Hujjat 19.05.2020 yildan kuchga kirdi.