TEAM University 27 may kuni onlayn-brifing o‘tkazadi

Jamiyat 16:48 / 23.05.2020 10623

Britaniyaning 120 yillik tarixga ega bo‘lgan London South Bank University (QS reytingi bo‘yicha TOP-1000 reytingiga kiruvchi ta’lim dargohi) bilan hamkorlikda shu yili o‘z eshiklarini ochadigan yurtimizdagi ilk TEAM tadbirkorlik universiteti abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun onlayn-brifing o‘tkazadi.

Universitetda ta’lim Britaniya tizimi bo‘yicha tashkil qilinadi. Dastlabki o‘quv yilida e’tibor iqtisodiy nazariya, biznes va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish asoslari, til ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va o‘qishning keyingi bosqichlari uchun zarur bo‘lgan bazaviy kompetensiyalarni, jumladan tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya, prezentatsiya ko‘nikmalari va boshqa soft-skills ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi.

Talabalar dastlabki kunlardan mustaqil ishlash, akademik adabiyotlar bilan ish olib borish ko‘nikmalari bo‘yicha muhim yo‘riqnomalar va asboblarni olishadi. O‘z qiziqishlariga eng ko‘p mos keladigan va shaxsiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam beradigan talabalar klublarini tanlashadi, universitetdagi dastlabki haftalardanoq talabalikning maroqli muhitiga sho‘ng‘ib ketishadi.

Keyinchalik, ta’lim dasturi doirasida talabalar tadbirkorlik, marketing, mehmondo‘stlik industriyasi, turizm nazariyasi va amaliyoti sohasidagi bir qancha ixtisosliklardan birini tanlash imkoniga ega bo‘lishadi.

Ixtisosliklarning aniq nomlari hozirgi vaqtda LSBU bilan kelishib olinyapti. Ammo, bir narsa aniq, bizning bitiruvchilarimiz biznes ochish, frilanser bo‘lib ishlash yoki kompaniyaga ishga kirishdan qaysi birini tanlashidan qat’i nazar, yangiliklarga intiluvchan bo‘lishadi.

TeAM University dargohida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Bitiruvchilarga 2ta hujjat beriladi: O‘zbekistondagi oliy ta’lim sohasi diplomi va xorijda tan olinadigan LSBU diplomi.

Ta’lim va bilim amaliy bo‘lishi kerak. Universitetga mamlakatning yetakchi tadbirkorlari, shuningdek, O‘zbekistonda va xorijda katta tajribaga ega bo‘lgan kuchli akademik jamoa tomonidan asos solingan va qo‘llab-quvvatlanmoqda.

TeAM University talabalari biznes jamiyat vakillari bilan doimiy muloqot qilish, universitetning Karera markazi yordamida yetakchi kompaniyalarda stajirovkadan o‘tish, shaxsiy va guruh mentorlariga ega bo‘lish, ular bilan muntazam netvork uchrashuvlarida, biznes-nonushtalarda ishtirok etish, universitet qoshidagi biznes-inkubator doirasida o‘z startap-loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha noyob imkoniyatlarga ega bo‘lishadi.

Universitetga o‘qishga kirish uchun onlayn shakl orqali quyidagi hujjatlarni yuklash  talab qilinadi:

· IELTS sertifikati nusxasi (kamida 5,5 ball (yoki uning ekvivalenti, jumladan IELTS Indicator);

· o‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim haqidagi attestat nusxasi;

· pasport nusxasi;

· universitet anketasi.

Qabul qilingani haqidagi taklifni IELTS bo‘yicha yuqori ballarga ega va maktabdagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan abituriyentlar olishadi. Bundan tashqari, yuqori yetakchilik motivatsiyasiga, shuningdek, volontyorlik tajribasiga ega nomzodlarning anketalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Qabul komissiyasi iyul oyida ish boshlaydi. Bu haqdagi xabar teamuni.uz saytida va TEAM universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.

Universitet tashkil qilingani munosabati bilan faqat shu yili tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan, motivatsiya xatini yozgan yoki rolikni suratga olgan barcha abituriyentlar ta’lim uchun 35 foiz grant olishadi (celebration scholarship).

Keyinchalik TEAM universitetida talabaning o‘zlashtirishidan kelib chiqqan holda, iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli tizim joriy qilinadi (merit based scholarships). Bunda ta’lim granti 100 foizga yetkazilishi mumkin.

TEAM universitetining qabul shartlari, ta’lim tizimi va afzalliklari haqida 27 may kuni YouTube kanalida o‘tkaziladigan onlayn-brifing chog‘ida bilib olishingiz mumkin.

Brifingda universitet rektori Alisher Xasanov va Vasiylar kengashi raisi Alan Frans, shuningdek, TEAM University asoschilari Zafar Xashimov va Hikmat Abduraxmanov ishtirok etishadi.

Sizlarni 27 may kuni soat 19:00da https://bit.ly/team_yt YouTube kanalida kutib qolamiz. Juda qiziqarli bo‘lishiga va’da beramiz.

Savollaringizni online@teamuni.uz elektron pochtasiga yoki Instagram ijtimoiy tarmog‘ida #TEAMbriefing heshtegi bilan shaxsiy xabar qilib jo‘natishingiz mumkin. Eng qiziqarli savol mualliflari TeAM University esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Biz ingliz, o‘zbek va rus tillarida gaplashamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring va yangiliklar haqida birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling:

Telegram: t.me/TEAMuniversityuz

Instagram: Instagram.com/teamuni_uz

Facebook: fb.com/teamuni.uz

Vebsayt: teamuni.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: