O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilish hajmi ma'lum qilindi

O‘zbekiston 14:33 / 23.05.2020 68206

Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga import qilingan mashinalar va transport asbob-uskunalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 603,8 mln dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 310,7 dollar to‘langan.

Shuningdek, avtomobillar, asosan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 197,8 mln dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 424,0 mln dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 201,1 mln dollar ketgan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 204,5 mln dollarga tushgan.

Ko‘proq yangiliklar: