Namanganda 9 bemor qoldi, bugun O‘zbekistonda jami 40 kishi koronavirusdan tuzaldi

O‘zbekiston 20:57 / 23.05.2020 10766

Namangan viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. 

Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (4 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari Uychi tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 80 yoshli onaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 14 yoshda. Viloyatda hozirga qadar sog‘ayganlar 233 nafar bo‘lsa, endilikda ular 240 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar 9 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan avvalroq Toshkentda 33 kishi (Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar) koronavirusdan sog‘aygani xabar qilingandi. 

Shunday qilib, bugun 40 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2532 nafarga yetdi. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3089tani tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, respublikaning 7ta hududidagi shifoxonalarda jami 544 nafar bemor davolanmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: