Mukammallashgan yangi avlod kombayni – yig‘im-terim yanada samarali va tejamkor!

Jamiyat 11:00 / 23.05.2020 22082

«Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» aksiyadorlik jamiyati «Rosselmash» bilan hamkorlikda qo‘shma mahsulot – unumdorligi yuqori «VECTOR 410» g‘alla o‘rish kombaynini taqdim etadi.

Kombaynning asosiy afzalliklari:

  • O‘rtacha yoqilg‘i sarfi – 1,9 l/t;
  • Qulay, shinam ergonomik ish joyi;
  • Katta panoramali oyna;
  • 210 ot kuchiga teng dvigatel quvvati;
  • 6000 litr hajmli bunker, 5 metrli mashina jatkasi;
  • Narxdagi hamyonboplik.

«VECTOR 410» o‘zida ishdagi universallik, don va somonni ehtiyotkorlik bilan o‘rish jihati, sozlanishning oddiyligini mujassam etgan bo‘lib, agrar sohada yuqori sifatli g‘alla o‘rish mashinasi hisoblanadi. Ushbu texnika takomillashtirilgan yangi avlod kombaynlari 2 yillik ish kafolatiga ega bo‘lib, shu muddat davomida siz bepul texnik xizmatdan foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz. Shuningdek, kombaynning mustahkamlangan, zamonaviy ramalari uchun ham ishlab chiqaruvchilar tomonidan 10 yil kafolat beriladi.

Quvonarlisi, modernizatsiyalangan «VECTOR 410» kombaynining narxi 9,1 foizga arzonlashdi. Agar avvallari ushbu texnika qiymati 1.078.125.000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa (15 foiz QQS bilan), ayni damda kombayn narxi – 981.959.780 so‘mga teng (15 foiz QQS bilan).

«VECTOR 410» kombaynini sotib olish uchun muhim 5 sababni sanab o‘tamiz:

1. Qulay moliyalashtirish takliflari. «Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnika zavodi» AJ vakillari sizga qulay moliyalashtirish bo‘yicha o‘z taklif va ma'lumotlarini taqdim etadi.

2. Ilg‘or ishlab chiqarish. 800 mm diametrli dunyodagi eng katta yuqori inersion baraban don va somonning mukammal sifat bilan yig‘ib olinishini ta'minlab beradi. Shuningdek, yuqori ishlab chiqarishni (soatiga 13,5 tonna) ham kafolatlaydi.

3. Don sifatiga kafolatlangan ishonch. Yaqinda o‘tkazilgan ichki tadqiqot tufayli «VECTOR 410» kombaynlari orqali yig‘ilgan don sifatida katta yo‘qotishlar hamda buzilishlar kuzatilmagani isbotlandi.

4. Ergonomik boshqaruv va xizmat ko‘rsatish. «VECTOR 410» kombaynini boshqaradigan operator ish o‘rindig‘i qulay ish uchun barcha zarur vositalar bilan jihozlangan: shovqindan izolyatsiya hamda vibroizolyatsiya, konditsioner va isitish tizimi, to‘laqonli nazorat uchun panoramali oynalar, oq-qora monitor va ovoz eslatmali Adviser II axborot tizimi, qulay boshqaruv paneli, sovutish kamerasi  va audiotayyorgarlik.

5. Turbo dizel dvigatelining tejamkorligi. Yoqilg‘i qiymati – kombayn uchun sarflanadigan eng ahamiyatli xarajatlardan biridir. «VECTOR 410» esa boshqa mashinalardan farqli o‘laroq, yoqilg‘i iste'molida juda ham past ko‘rsatkichga ega bo‘lib, bir tonna miqdoridagi boshoqli don uchun 1,8 - 2,5 litr sarflanadi. Dvigatel yoqilg‘isining tejamkorlik darajasi yuqori bo‘lgani sababli (yoqilg‘i bakining hajmi 540 litr) 16 soatga yetishi mumkin.

«VECTOR 410» – katta bo‘lmagan dalalar uchun ham optimal yechimdir. O‘rtacha 750 gektar hududda mavsumiy ish vaqtida, xarid narxining juda yuqori emasligi bilan tejamkorlikda mazkur kombayn fermer xo‘jaliklarining muammolarini hal etishda muhim va samarali vosita hisoblanadi. Notekis maydonlarda adapter kengligidan maksimal darajada foydalanish relef ko‘chirishning prujinali bo‘ylama-ko‘ndalang tizimi hisobiga amalga oshadi.

Yig‘im-terim mavsumi uchun ilg‘or qishloq xo‘jaligi texnikasini tanlang! Siz ushbu tanlov orqali ham narx, ham sifat, ham vaqt tejamkorligida yutasiz.

«VECTOR 410» kombaynlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi raqamlarga bog‘lanish mumkin:

Telefon: 71 200 48 00

Instagram: @uzagrotech

Facebook: fb.com/uzagrotech

Telegram: t.me/uzagrotech

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: