DSQ huzuridagi Malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi

O‘zbekiston 20:56 / 23.05.2020 30265

Shu munosabat bilan Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy bayonot berdi.

Bayonotda ta'kidlanishicha, koronavirus infeksiyasi xabarda aytilganidek, DSQ markaziy apparati bo‘lim boshlig‘i va uning haydovchisida emas, balki DSQ huzuridagi Malaka oshirish markazi xodimida aniqlangan bo‘lib, markaz poytaxtning boshqa tumanida joylashgan.

 “DSQ xodimlari ham infeksiya yuqtirgan shaxs bilan muloqotda bo‘lgan bo‘lishlari mumkinligini hisobga olib, hozirda butun Markaziy apparatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida COVID19ga test o‘tkazilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Ta'kidlanishicha, DSQ ish jarayoni karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda olib boriladi.

“Qo‘mitaning kirish qismida barcha xodimlar haroratni o‘lchaydilar, bino ichkarisida ham, tashqarisida ham muntazam ravishda sanitariya choralari ko‘riladi, antiseptik vositalar har bir qavatda mavjud, hamma xodimlar tibbiy niqoblar taqadilar va ijtimoiy masofani saqlaydilar”, deyiladi DSQ matbuot xizmati tomonidan.

Ko‘proq yangiliklar: