Avtomobillarni ijaraga berish bo‘yicha dunyodagi eng yirik servislardan biri bankrot bo‘ldi

Jahon 14:54 / 23.05.2020 11791

Kompaniya koronavirus pandemiyasi sababli yuz bergan iqtisodiy pasayishning navbatdagi qurboniga aylandi.

Kompaniya bayonotida aytilishicha, koronavirus pandemiyasi sayohatlar va avtomobillar ijarasiga bo‘lgan talabga keskin ta'sir qilgan, natijada daromad pasayib ketgan. Turistlardan tashqari, avtomobili ta'mirlashda bo‘lganlar ham servis mijozlari hisoblanadi. Ammo COVID-19 bois ko‘pchilik uyida qolmoqda va ularga mashinaning keragi yo‘q. Hertz ko‘rsatkichlar qachon avvalgi darajaga qaytishini bilmasligini tan oldi.

Avvalroq AQShda JCPenney, Neiman Marcus va J.Crew kiyim do‘konlari tarmoqlari, Whiting Petroleum va Diamond Offshore Drilling energetika kompaniyalari bankrot bo‘lganini e'lon qilgandi.

Hertz kompaniyasining dunyo bo‘yicha 568 mingga yaqin avtomobili va 12,4 mingga yaqin ijaraga berish nuqtalari bor.

Ushbu servis 1918 yilda tashkil etilgan va ishini o‘n dona "Ford" avtomobili bilan boshlagan. Kompaniya Buyuk tushkunlik, Ikkinchi jahon urushi va bir nechta neft inqirozlaridan omon chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: