Andijonda qo‘shnining tomidan suv tushayotgani bahonasida boshlangan janjal jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi bilan tugadi

Jamiyat 13:15 / 23.05.2020 11474

2020 yil 20 aprel kuni soat 12:30da 53 yoshli K.M. Andijon viloyati Paxtaobod tumani Sanoat MFY Ittifoq ko‘chasida qo‘shnisi, 39 yoshli A.E. bilan yashash xonadoni tom qismidan yomg‘ir suvlari tushayotganligi sababli o‘zaro gap tortishib janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, A.E. g‘isht bo‘lagi bilan K.M.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida bir dona g‘isht bo‘lagi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olinib, K.M.ning tan jarohati darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, K.M.ga “og‘ir” darajada tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: