Xitoy koronavirus epidemiyasiga javob choralari ko‘rishda xatolarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi

Jahon 12:35 / 22.05.2020 35992

Ketsyanning aytishicha, koronavirus tarqalishi davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatni boshqarishda ko‘plab zaif bo‘g‘inlar yuzaga chiqqan

Bosh vazirning ta'kidlashicha, ba'zi sohalarda korrupsiya va qog‘ozbozlik keng tarqalgan muammolar bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, hukumat ishi ortiqcha rasmiyatchiliklar sababli qiyinlashgan. Uning aytishicha, bir qator amaldorlar yo o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaydi, yo ularni umuman bajarishga qodir emas.  

Xitoy hukumati bu muammolarga sinchkovlik bilan e'tibor qaratib, aholining turli qatlamlari vakillari fikrlari va takliflarini hisobga oladi. “Biz o‘z ishimizni yaxshilashimiz, o‘z majburiyatlarimizni bajarishimiz va xalq ishonchiga muvofiq kelish uchun barcha ishni qilishimiz lozim”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan Li Ketsyan.

Ayni vaqtda bir nechta davlatlar, jumladan, AQSh Xitoyni koronavirus epidemiyasiga tegishlicha javob bermaganlikda va shu sababli uning butun dunyoga tarqalishiga sababchi bo‘lganlikda ayblab kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: