Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda koronavirusga qarshi kurashda yordamlashgan shifokorlar O‘zbekistonga qaytib keldi
Ikki hafta muqaddam Tojikistonga yo‘l olgan o‘zbekistonlik shifokorlar guruhi Toshkentga qaytib keldi.

«Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, kasallikka chalingan bemorlarni samarali davolashda katta tajriba va malakaga ega bir guruh shifokor mutaxassislarimiz Tojikiston Respublikasiga yo‘l olishgan edi.
Bugun tojikistonlik hamkasblari bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib borgan shifokorlarimiz yurtimizga qaytishdi.
Ta'kidlash joizki, muxassislarimiz tomonidan safar davomida Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullari hamda shifokorlari ishtirokida qator anjumanlar tashkil etilib, ularda O‘zbekistondagi epidemik vaziyat va kasallikning oldini olishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma'lumot berildi, o‘zaro fikr va tajriba almashindi. Shuningdek, kasallikka chalingan bemorlarni samarali davolash, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va shifoxonalarda zararsizlantirish tadbirlarini amalga oshirish tartib-qoidalari bo‘yicha master-klass mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi.
Yurtimizdan borgan anesteziolog-reanimatolog, pulmonolog, epidemiolog, infeksionist, virusolog kabi mutaxassislarimiz tojikistonlik hamkasblari bilan hamkorlikda qator tavsiyalar ishlab chiqishdi va shu asosda samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha respublikadagi vaziyatni o‘rganish, zarur bo‘lganda, qo‘shimcha chora-tadbirlarni rejalashtirish va og‘ir bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida yetuk mutaxassislardan iborat markaziy guruh tashkil etildi. Shuningdek, aholi tomonidan koronavirus infeksiyasi bo‘yicha tushgan murojaatlarni zudlik bilan ko‘rib chiqish va hal etish uchun, O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda, Sall-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mobil kompaniyalar orqali aholini koronavirus kasalligidan himoya qilish maqsadida tizimli ravishda SMS targ‘ibot ishlari boshlab yuborildi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat, tuman davolash profilaktika muassasalarining rahbarlari va yuqumli kasalliklar shifoxonalarining mutaxassislari ishtirokida qator onlayn videomuloqotlar o‘tkazildi.
Umuman olganda, yurtimiz mutaxassislarining 14 kun davomida tojikistonlik mutaxassislar bilan birgalikda olib borgan koronavirus infeksiyasining oldini olish hamda davolashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlari katta samara berayotganligi ular tomonidan ham alohida e'tirof etildi. Darhaqiqat, o‘zbek-tojik xalqlari hamisha bir-biriga yelkadosh bo‘lib kelgan. Buni zarur ko‘mak va kerakli tavsiyalari bilan tojik xalqiga yaqindan yordam bergan fidoyi shifokorlarimiz misolida ham guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Ana shunday sharafli vazifani munosib tarzda bajarib qaytishgan tibbiyot xodimlari yurtimiz Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari tomonidan tantanali ravishda, yuksak ehtirom bilan kutib olindi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Tojikistonda bo‘lib qaytgan tibbiy guruh tarkibidagi barcha, ya'ni 8 nafar tibbiyot xodimi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a'lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
-
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:38 / 14.07.2025
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025