Prezident Andijon xalqaro aeroportiga xususiy investorlar jalb etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

O‘zbekiston 21:49 / 22.05.2020 14732

«Andijon xalqaro aeroporti faoliyat yuritmayotgani sababli, fuqarolarimiz qo‘shni davlat aeroportlari orqali xorijga uchishga majbur bo‘lmoqda.

Mas'ul vazirlik va tashkilot rahbarlari bir oy muddatda Andijon xalqaro aeroportiga xususiy investorlarni jalb qilgan holda davlat xususiy sherikchiligi asosida uning faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha aniq taklif tayyorlasin. Bunda Andijondan boshqa viloyat markazlariga ham ichki aviareyslar tashkil etilishi ko‘zda tutilsin», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Andijon xalqaro aeroporti 2018 yil oktyabrida vaqtinchalikka faoliyatini to‘xtatgandi. 

2019 yil mayida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Kun.uz’ga bergan intervyusida  aeroportda uchish-qo‘nish yo‘lagi oxirgi marta 1980 yilda, perron 1985 yilda ta'mirlangani, aeroportda rekonstruksiya ishlari olib borilishi haqida aytib o‘tgandi.

2019 yil avgustida Andijonda yiliga 4,5 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi xalqaro aeroport qurilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

2019 yil dekabrida aeroport bir yillik tanaffusdan so‘ng o‘z faoliyatini qisman tikladi.

Ko‘proq yangiliklar: