Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 39 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 22 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3006 nafarni tashkil qilmoqda.
Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 5 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 6 nafari xorijdan kelgan shaxslar (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 28 nafari esa aholi orasidan qayd etildi.
Aholi orasidan aniqlangan holatlarning 13 nafari Samarqand, 15 nafari esa Navoiy viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan», deyiladi vazirlik xabarida.
21 may kuni jami 28ta yangi zararlanish holati qayd etilgan, shundan 20 holat aholi orasida, Toshkent, Samarqand va Navoiy viloyatlarida aniqlangandi.
Shuningdek, so‘nggi bir kunda 35 bemor sog‘aydi (barchasi Toshkent shahrida) va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2407 nafarni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatdagi shifoxonalarda 586 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
-
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:38 / 14.07.2025
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi, Termizda Rossiya harbiylari bilan o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda - mahalliy dayjest
Jahon | 23:28 / 14.07.2025
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025