O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2500ga yaqinlashdi

O‘zbekiston 20:47 / 22.05.2020 21117

«Bugun Namangan viloyatida yana 9, Andijon viloyatida 4, Samarqand viloyatida 16, jami 29 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shunday qilib Namangan viloyatida koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar soni 233, Andijon viloyatida 167, Samarqand viloyatida esa 218 nafarga yetdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Bundan avvalroq Namanganda 5, Samarqandda 24, Buxoroda 2, Toshkentda 25, jami 56 bemor tuzalgani xabar qilingandi. Xususan, Buxoro viloyati koronavirusdan xoli hududga aylangan.

Bugun O‘zbekistonda jami 85 bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2492 nafarni tashkil etmoqda. Shifoxonalarda 523 bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: