«O‘zavtosanoat» Asakada «Asaka Sity» quradi

O‘zbekiston 21:11 / 22.05.2020 12162

Yig‘ilish davomida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, ish o‘rinlari tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Davlat rahbari aholini uy-joy bilan ta'minlash borasida gapirgan.

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi tomonidan uch yil ichida Asaka tumanida uy-joyga muhtoj o‘z xodimlari va aholi uchun 4631ta kvartiraga ega bo‘lgan 71ta ko‘p qavatli uylar barpo etiladi.

«Asaka Sity» deb nomlangan bu loyihada 320 o‘rinli ikkita bog‘cha, bir yarim ming o‘rinli maktab, 250 o‘rinli shifoxona, istirohat bog‘i 10 ming kvadrat metr maydonda savdo majmuasi quriladi», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan avvalroq prezident uy-joyga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etib, Andijon viloyatida 819ta oilaga subsidiya ajratish zarurligi haqida gapirgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: