Oq uyning 11 prezident xizmatida bo‘lgan sobiq xodimi koronavirusdan vafot etdi

Jahon 09:26 / 22.05.2020 13528

Bu haqda marhum oilasiga tayanib NBC telekanali xabar berdi.

Jyerman Oq uyda 1957 yildan boshlab, prezident Duayt Eyzenxauer rahbarlik qilgan vaqtda farrosh bo‘lib ishlashni boshlagan. U 1960-yillar boshida prezident Jon Kennedi boshqaruvi vaqtida bosh xizmatkor darajasigacha ko‘tarilgan. Bunga birinchi xonim Jaklin Kennedi tashabbuschi bo‘lgan. Kennedi xonim o‘z farzandlarini Jyermanga o‘ziga ishongandek ishongan va u bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lgan.

Jyerman, shuningdek, Bushlar oilasi a'zolari bilan ham yaxshi munosabatlarda bo‘lgan. U Barak Obama ma'muriyati vaqtida 2012 yil pensiyaga ketgan.

AQShning sobiq birinchi xonimi Xillari Klintonning ta'kidlashicha, Jyerman prezidentlarni Oq uyda o‘zlarini xuddi o‘z uylaridagidek his qilishlarini ta'minlagan.

Sobiq prezident Kichik Jorj Bushning aytishicha, u rafiqasi bilan birga Oq uyda ertalablari birinchi bo‘lib ko‘radigan odamlari Jyerman bo‘lgan. “U ajoyib inson edi”, deb eslagan marhumni sobiq prezident.  

Ko‘proq yangiliklar: