Dissertatsiya avtoreferati yuborilishi shart bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritiladi

Jamiyat 09:52 / 22.05.2020 4209

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan «Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risida»gi nizomning 5-ilovasi bilan tasdiqlangan Dissertatsiya avtoreferati yuborilishi shart bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatining o‘n birinchi bandi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

11. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (yuridik fanlar bo‘yicha bajarilgan ishlar).

Dissertatsiya avtoreferati yuborilishi shart bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati hozir quyidagicha:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi.

5. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi.

7. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (yuridik fanlar bo‘yicha bajarilgan ishlar).

11. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi (yuridik fanlar bo‘yicha bajarilgan ishlar).

12. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (yuridik fanlar bo‘yicha bajarilgan ishlar).

13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi (tibbiyot va farmatsevtika fanlari bo‘yicha bajarilgan ishlar).

14. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining Milliy (Davlat) kutubxonalari.

Ko‘proq yangiliklar: