Andijonda uy-joyga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston 16:33 / 22.05.2020 10706

Joriy yilda viloyatda 6 ming 196ta – o‘tgan yilgiga nisbatan 2 barobar ko‘p uylar qurilmoqda.

Davlat rahbari uy-joyga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etib, Andijon viloyatida 819ta oilaga subsidiya ajratish zarurligini ta'kidladi.

Bu yil 642 kilometr avtomobil yo‘li, 85 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi va ta'mirlanishi belgilandi.

Ta'lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarni 7-sinfdan qiziqqan kasbiga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bu kelgusida ularning bandligini ta'minlashda muhim o‘rin tutadi.

– Meni eng ko‘p o‘ylantiradigan masala – yoshlar va xotin-qizlar. Ularga e'tibor, ko‘mak kerak. Bilimi, qo‘lida kasb-hunari bo‘lsa, hayotda o‘z o‘rnini topib ketadi, dunyoqarashi ham boshqacha bo‘ladi. Ota-onasi, oilasi ham davlatdan rozi bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Turizm va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, jinoyatchilikning oldini olish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari, tarmoq rahbarlari hisobot berdi. Videoaloqa orqali tuman hokimlari va faollarning fikrlari eshitildi.

Ko‘proq yangiliklar: