Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda qo‘shimcha 42 ming ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilmoqda
Andijon shahrida o‘tayotgan yig‘ilishda viloyatda yangi korxonalar tashkil etish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari batafsil muhokama qilindi.

Joriy yilda 789ta loyiha bo‘yicha 7 trillion so‘m investitsiya o‘zlashtirilib, 42 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
To‘qimachilik yo‘nalishida umumiy qiymati 106 million dollar bo‘lgan 13ta loyiha amalga oshirilib, ip-kalavani qayta ishlash darajasi 78 foizga yetkaziladi, 278 million dollarlik eksport ta'minlanadi.
Qurilish materiallari tarmog‘ida 2020-2021 yillarda 74 loyiha samarasida 106 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Oilaviy tadbirkorlikka 353 milliard so‘m kredit, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 20 million dollar ajratilishi belgilandi.
Bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholini soliqdan ozod qilingan 60dan ortiq turdagi kasbga o‘qitish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid

10:16
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

18:19 / 08.07.2025
Andijonda xizmat vaqtida pichoqlanib vafot etgan profilaktika inspektori «Jasorat» medali bilan taqdirlandi

11:14 / 26.06.2025
Yer toifasini o‘zgartirib berish uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

16:07 / 16.04.2025