Tashqi savdo operatsiyalari yangi sxema bo‘yicha monitoring qilinadi

Jahon 12:16 / 21.05.2020 1545

Qarorga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tashqi savdo kontraktlari va invoyslar bo‘yicha ma'lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYaEAT) kiritadilar. Ma'lumotlar elektron shaklda elektron raqamli imzodan foydalangan holda, Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali kiritiladi.
 
Norma’ning yozishicha, tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga import va eksport birja (yarmarka) kontraktlari, qayta ishlash (respublika hududida) bo‘yicha kontrakt, markazlashtirilgan import va eksport kontraktlari, eksport konsignatsiya kontrakti tushunchalari kiritildi.
 
Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring va nazorat olib borish sxemasi belgilandi, u 4 bosqichni o‘z ichiga oladi.
 
I – TSOYaEATga quyidagi ma'lumotlar:

xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan – tashqi savdo operatsiyalari boshlanguniga qadar tuzilgan tashqi savdo kontraktlari va invoyslar;

birja (yarmarka) tomonidan – birjada tuzilgan kontraktlar kontrakt birjada tuzilgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida kiritiladi.
 
II – TSOYaEATga quyidagi ma'lumotlar:

tijorat banklari, g‘aznachilik bo‘linmalari, tovar-xomashyo birjalari tomonidan – hisob-kitoblar amalga oshirilganda onlayn tarzda kelib tushadigan kontrakt va invoyslar bo‘yicha valuta mablag‘larining harakati to‘g‘risida axborotlar;

bojxona xizmati organlari tomonidan – tovarlar tushganda yoki yuklab jo‘natilganda onlayn tarzda kelib tushadigan kontrakt va invoys bo‘yicha BYuD ma'lumotlari;

xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan – ishlar va xizmatlar dalolatnomasi u tuzilgan kunda 1 kun ichida kiritiladi.
 
Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kontraktlar bo‘yicha ma'lumotlar Markazning tegishli xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina kiritiladi. Ekspertiza 20 kun ichida o‘tkaziladi.
 
III – valutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalari ustidan taalluqliligi bo‘yicha o‘z vakolati doirasida muntazam ravishda monitoring va nazoratni amalga oshiradilar.
 
IV – bojxona xizmati organlari va tijorat banklari har bir oy yakuni bo‘yicha bojxona va valuta qonunchiligi, hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi buzilishi alomatlari aniqlanganda axborotni soliq organlariga taqdim etadilar.
 
Hujjat 16.08.2020 yildan kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: