Suyultirilgan uglevodorod gazlarining xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglament tasdiqlanadi

O‘zbekiston 09:20 / 21.05.2020 2152

Vazirlar Mahkamasining “Suyultirilgan uglevodorod gazlarning xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Umumiy texnik reglament yoqilg‘i sifatida kommunal-maishiy va ishlab chiqarish iste'moli uchun va avtomobil transporti uchun motor yoqilg‘isi sifatida ishlatishga mo‘ljallangan suyultirilgan uglevodorod gazlariga (SUG) bo‘lgan xavfsizlik talablarini belgilaydi.

Texnik reglament inson hayoti va sog‘lig‘ini, mol-mulki, atrof-muhit, hayvon va o‘simliklarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘ini muhofaza qilish, suyultirilgan uglevodorod gazlarining iste'molchilarini ularning maqsadi, xavfsizligi va energiya samaradorligi bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarning oldini olish, shuningdek boyliklarni saqlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Texnik reglament quyidagi SUGga taalluqli emas:

  • davlat mudofaa buyurtmasi bo‘yicha yetkaziladigan;
  • keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi chegarasi orqali olib o‘tiladigan.
  • SUG O‘zbekiston Respublikasi hududida ular mazkur Texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lganida ishlatilishga chiqariladi.
  • SUG saqlash, tashish va sotish bosqichlarida mazkur Texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Ishlatilishga chiqariladigan SUGning har bir to‘piga, quyidagi ma'lumotlarga ega bo‘lgan sifat pasporti ilova qilinishi kerak:

ishlab chiqaruvchining nomi, uning joylashgan joyi (yuridik shaxsning manzili, shu jumladan xorijiy shaxsning);

ishlab chiqaruvchining tovar belgisi (mavjud bo‘lganda);

ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolatli shaxsning (import qiluvchining) nomi, uning joylashgan joyi (yuridik shaxsning manzili) yoki sotuvchining nomi (O‘zbekiston hududiga suyultirilgan uglevodorod gazlarini olib kirganda), uning joylashgan joyi (yuridik shaxsning manzili) – yuridik shaxs uchun yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (mavjud bo‘lganda);

SUG nomi, markasi (mavjud bo‘lganda) va shartli belgisi (mavjud bo‘lganda);

SUGni ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan muvofiq hujjatning belgisi va nomi;

mazkur Texnik reglamentda va muvofiq tarzda SUG tayyorlanadigan hujjatda belgilangan, SUGning fizik-kimyoviy va ishlatilishiga oid xususiyatlarining me'yoriy qiymatlari, shuningdek tajribaxona sinovlarining aniq natijalari;

odorantning mavjudligi to‘g‘risida ma'lumot;

to‘p raqami;

ishlab chiqarilgan sanasi;

kafolatlangan saqlash muddati;

muvofiqlikni tasdiqlash belgisi;

pasport raqami va berilgan sanasi;

pasportni rasmiylashtirgan shaxsning familiyasi va imzosi.

SUGni sotishda sotuvchi xaridor talabiga ko‘ra SUGning mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqligi to‘g‘risida sifat pasporti nusxasi va deklaratsiya nusxasini taqdim qilishi shart.

Ko‘proq yangiliklar: