Qirg‘izistondagi bolalar onkologiya markazi koronavirus infeksiyasi o‘chog‘iga aylanganligi aniqlandi

Jahon 15:08 / 21.05.2020 11181

Qirg‘izistondagi onkologiya va gematologiya milliy markazi bolalar bo‘limida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 14ta holat aniqlandi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Nurbolot Usenbayevning ma'lumot berishicha, sakkiz nafar bola, uch nafar ota-ona, ikki hamshira va bir shifokor kasallikka chalingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘limda 120 kishi tekshiruvdan o‘tkazilgan, kasallik tarqatgan manba aniqlangan.

Markaz bosh shifokori Ernest Tilekov kasallik aniqlanmagan bolalar va shifokorlar boshqa qavatlarga ko‘chirilganini aytdi.

20 may kuni statsionarda nabirasini olib yotgan va yaqinda kasalxonani tark etgan ayol koronavirusga chalingani aniqlangandi.

Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirganlar soni 1313 nafarga yetgan, 14 kishi vafot etgan, 929 kishi sog‘aygan.

Ko‘proq yangiliklar: