Hindiston va Bangladeshga yopirilgan siklon 14 kishining hayotini olib ketdi

Jahon 07:23 / 21.05.2020 6615

Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Hindistonning aholi gavjum shtatlaridan biri bo‘lgan G‘arbiy Bengaliya siklonning asosiy zarbasini qabul qilgan.

“Shtatning butun janubiy qismi jabr ko‘rdi. Zararni baholash uchun 3-4 kun ketadi. Tsiklon elektr ta'minotiga ta'sir qildi va ko‘plab uylar, ko‘priklarni vayron qildi”, deb aytgan shtat bosh vaziri Mamata Banerji. 

Uning ma'lum qilishicha, shtatda yomon ob-havo sababli kamida 10 kishi halok bo‘lgan.

“Biz koronavirusdan ko‘ra ko‘proq zarar va vayrongarchiliklarga duch keldik”, deb qo‘shimcha qilgan Banerji.  

Shuningdek, G‘arbiy Bengaliya va Orissa shtatlaridan 450 ming kishi evakuatsiya qilingan. 

Qo‘shni Bangladeshda siklon sababli 4 kishi vafot etgan, 2 mlndan ko‘proq kishi evakuatsiya qilingan, harbiylar jangovar holatga keltirilgan.

Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi dovul kelishiga tayyorlanish jarayonini qiyinlashtirgan. Ta'kidlanishicha, G‘arbiy Bengaliya shtati politsiyasi ko‘plab odamlar koronavirusga chalinishdan qo‘rqib boshpanalarga berkinishdan bosh tortganini ma'lum qilgan. 

Ob-havo mutaxassislari ma'lumotlariga ko‘ra, “Amfan” oxirgi yillarda Bengal ko‘rfazida vujudga kelgan dovullardan eng kuchlisi bo‘lib, undagi shamolning maksimal tezligi 265 km/soatga yetgan. U Orissa shtatiga yopirilgan va 9 mingdan ko‘proq hayotni olib ketgan 1999 yilgi supersiklon vaqtidan beri Bengal ko‘rfazida hosil bo‘lgan birinchi supersiklon hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: